20 may 14:40
Yangiliklar
Vazirlik ishchi guruhi Buloqboshi tumanini o'rgandi
Mazkur tumanlardagi sport maktablari holati ko'zdan kechirilmoqda. O'rganishlar samarasi o'laroq Buloqboshi tumanidagi bolalar-o'smirlar sport maktabi sportchilariga yaratib berilgan imkoniyatlar, sport talim muassasasining bugungi ahvoli, zamon talablariga mosligi, hamda sport maktabining yutuq va kamchiliklari o'rganildi.
Mazkur tumandagi sport maktablari va sport talim muassasalarining kadrlar salohiyati va trenerlarga bo'lgan ehtiyoji hamda uni bartaraf etish bo'yicha maqsadli qabul bo'yicha takliflari o'rganildi.
Qolaversa, ushbu tumanning sport turlariga ixtisoslashuvi, moddiy texnik bazasini yanada rivojlantirish, sport inventarlari soni va bugungi holati, terma jamoa azolarini shakllantirish masalalari bo'yicha ishchi guruh azolari tuman masullariga topshiriqlar berdi.
Fikrlar