So’nggi yangiliklar

16:50Мейвезер катта жанги учун эҳтимолий рақибларни очиқлади 0 16:19Усман Нурмагомедов бир неча кун ичида UFC’га ўтиши мумкин 0 15:48Венгер ФИФА президенти сайловида иштирок этишга рози бўлиш арафасида 0 15:17Уч нафар ҳамюртимиз Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:46Бугун икки боксчимиз Олимпия ўйинлари медали учун рингга кўтарилади 0 14:15Магнус Карлсен: "Абдусатторов билан машғулотлар мени реалликка қайтарди" 0 13:44Александр Головин Ўзбекистонга қарши ўйинни ўтказиб юборади 0 13:13Дана Уайт Оқ уйда матбуот котиби бўлиш таклифига ўз жавобини айтди 0 12:42Паризода Талабованинг медали ўзбек енгил атлетикаси учун тарихий бўлди 0 12:11Осиё Миллатлар кубогида Ўзбекистон шарафини тўққиз шахматчи ҳимоя қилади 0 11:42Дакар-2026: бугун енгил атлетика ва велоспорт баҳслари якунланади, боксчилар чорак финалда рингга чиқади 0 11:40Касильяс ўйин амалиёти етишмаслиги сабаб ўғилларини "Реал" академиясидан олиб кетди 0 11:09Магомед Анкалаев кейинги жангини оғир вазнда ўтказмоқчи 0 10:38Чимаев RAF турнирида собиқ UFC чемпионига қарши курашади, Ковингтон сафдан чиқди 0 10:07Келаси ҳафта Тошкентга келадиган Тедди Ринер Франция президентлиги сайловида қатнашмоқчи 0

20 may 17:14
Yangiliklar

Futbol

"Vaziyat yana ikki yilga cho'zilishi mumkin". Futbol yuristi "Manchester Siti"ga qo'yilayotgan 130ta ayblov haqida gapirdi

Teglar :  Manchester Siti
Futbol yuristi Tom Myurrey "Manchester Siti" klubiga nisbatan elon qilingan 130ta moliyaviy qoidabuzarlik bo'yicha chiqariladigan yakuniy hukm haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Eslatib o'tamiz, Premer-liga "shaharliklar"ni 2009 yildan boshlangan to'qqiz yil davomida moliyaviy qoidalarni buzganlikda ayblamoqda. Mazkur ish bo'yicha surishtiruvlar 2019 yilda boshlangan bo'lib, unda klubning moliyaviy hisobotlarni soxtalashtirgani va tergov bilan hamkorlik qilishdan bosh tortgani kabi jiddiy ayblovlar ilgari surilgan. "Manchester Siti" rahbariyati esa bu ayblovlarni mutlaqo rad etib kelmoqda. Mahkama tinglovlari 2024 yilning sentyabr oyida boshlanib, 10 hafta davom etgan edi, biroq tomonlar haligacha yakuniy xulosani kutishmoqda.

"Menimcha, hozir hech kim aniq gapni bilmaydi. Men ushbu ish ustida ishlayotgan advokatlar bilan gaplashdim, hatto ular ham qaror qachon elon qilinishidan bexabar. Turli taxminlar ilgari surishni istardim, ammo bundan hech qanday mantiq yo'q.


Xo'sh, yakuniy natija qanday bo'ladi? Mening fikrimcha, "Manchester Siti" baribir qaysidir qoidabuzarliklarda aybdor deb topiladi. Ayblovlar sonini inobatga olsak, ular suvdan quruq chiqib keta olishmasa kerak.
Biroq bu jarayon imkon qadar uzoq davom etadi. Menimcha, bizni hali appelyaciya bosqichi kutmoqda va yana xuddi shu vaziyatga qaytamiz. Agar oradan yana ikki yil o'tib ham yakuniy to'xtamga kelinmasa, bundan hayratlanmagan bo'lardim", - dedi Myurrey "Price of Football" podkastida.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing