02 may 09:23
Yangiliklar
Velosport

Velosportchi SHahnoza Abdullaeva "Tour of Bostonliq" g'olibasiga aylandi
Toshkent viloyatida velosportning shosse yo'nalishi bo'yicha "Tour of Bostonliq" xalqaro musobaqasi bo'lib o'tdi.
15 mamlakatdan 150 nafarga yaqin sportchi ishtirok etgan mazkur musobaqa Xalqaro velosipedchilar ittifoqining taqvim rejasidan o'rin olgan bo'lib, unda sportchilar qimmatli reyting ochkolarini jamg'arishga muvaffaq bo'ldi.
Uch bosqichda tashkil etilgan poyga yakunida hamyurtimiz SHahnoza Abdullaeva ayollar o'rtasida umumiy hisobda g'alabani qo'lga kiritdi. Erkaklar o'rtasidagi bahslarda esa boshqa bir yurtdoshimiz Nikita Cvetkov kuchli uchlikni yakunlab bergan.
Ayollar:
1. SHahnoza Abdullaeva (O'zbekiston)
2. Akpeil Ossim (Qozog'iston)
3. Nesrin Xouli (Jazoir).
Erkaklar:
1. Josh Kench (Yangi Zelandiya)
2. Andreas Miltiadis (Kipr)
3. Nikita Svetkov (O'zbekiston).
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar