So’nggi yangiliklar

12:22Конте АПЛга қайтмоқчи — у ўз номзодини "Манчестер Юнайтед"га таклиф қилди 0 11:51Жаррелл Миллер ва Тони Йока Гана пойтахтида жанг қилади 0 11:20Tata Steel Chess 2027: Нодирбек Абдусатторов чемпионлик унвонини ҳимоя қилади 0 10:49Мадримовнинг вазнидаги собиқ чемпионнинг кейинги жанги санаси, манзили ва рақиби эълон қилинди 0 10:18Валерий Карпин: "Ўзбекистонда умуман бошқа даражадаги футболчилар пайдо бўлди" 0 09:47Махачев Усман Нурмагомедовнинг кечаги қилмишига муносабатини билдирди + ФОТО 0 09:16БАА қонунлари бўйича Усман Нурмагомедовни қандай жазо кутаётгани айтилди 0 08:45Илия Топурия Усман Нурмагомедовнинг ҳибсга олингани ҳақида хабар берди 0 08:14Бугун Ўзбекистон миллий терма жамоаси Россияга қарши майдонга тушади 0 07:43Total Chess. Абдусатторов иккинчи кун Фирузджага қарши иккита партия ўтказди 0 07:12Хамзат Чимаев БАА фуқаролигини олиш қарорини изоҳлади 0 23:47Иккала боксчимиз ҳам IV Ёшлар Олимпиадаси финалида! Қозоғистонлик рақиб мағлуб этилди 0 20:11Бразилияда онлайн-ставкалар тақиқланди. Мамлакат футболи 2027 йилда қанча пул йўқотишини ҳисоблаб чиқишди 0 19:40IBF рейтинги. Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 19:09Гандболчиларимиз Покистондаги мусобақада муваффақият қозонишди 0

26 sen 08:25
Yangiliklar

Velosport

Velotrek: Respublika ochiq turniri yangi istedodlarni kashf etdi

Velotrek majmuasida velosportning trek yo'nalishi bo'yicha 2001-2002 yillarda tug'ilgan yoshlar va qizlar hamda 2005-2006 yillarda tug'ilgan o'smirlar o'rtasida Respublika ochiq turniri bo'lib o'tdi.

Uch kun davom etgan musobaqada jami 117 nafar velosportchi g'oliblik uchun o'zaro bahs olib borishdi. Birinchi kun natijalariga ko'ra o'z yo'nalishlarida yoshlar o'rtasida Dmitriy Sirko va Arseniy Pokosenkolar g'oliblikni qo'lga kiritishgan bo'lsa, qizlar o'rtasida Sofiya Karimova ikki yo'nalish bo'yicha ham tengsiz, deb topildi. O'spirinlar o'rtasida belgilangan masofani birinchi bo'lib Ruslan Nafikov bosib o'tdi. Kichik yoshli velosportchi qizlar o'rtasida o'tgan bahslarda Asal Rizaeva g'olib bo'ldi.

Musobaqaning ikkinchi kuni ham qizg'in va shiddatli vaziyatlarga boy bo'ldi. Dmitriy Sirko bu safar ham har ikki yo'nalishda g'oliblikni qo'ldan bermadi. Qizlar o'rtasida chempionlik o'z yo'nalishlarida Anna Kulikova hamda Margarita Misyurinalarga nasib etdi. O'smirlar va qizlar o'rtasida Ruslan Nafikov va Asal Rizaeva 2-kungi bahslarda ham peshqadam bo'lishdi.

Uchinchi kungi bahslarda ham Dmitriy Sirko o'zining ushbu sport turida peshqadam ekanligini isbotladi. Qizlar o'rtasida kechgan bahslarda Sofiya Karimova 1-o'rinni egalladi. Kichik yosh toifasidagi musobaqalarda ham yana bir bora Ruslan Nafikov hamda Asal Rizaeva g'oliblikni qo'lga kiritib, barcha yo'nalishlar bo'yicha mutlaq g'alabani qo'lga kiritdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing