12 avg 17:05
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/2825_220.jpg)
Verdumning raqibi o'zgardi, Braun Benning o'rnini egalladi
Aralash qoidalar bo'yicha og'ir vazn toifasida sobiq UFC chempioni Fabrisio Verdum o'zining navbatdagi jangini 10 sentyabr kuni o'tkazadi.
Uning raqibi Trevis Braun bo'ladi. Aslida Fabrisio 10 sentyabr kuni Ben Rotvellga qarshi jang o'tkazishi kerak edi. Lekin Rotvell mashg'ulot chog'ida tizzasidan jarohat olib, nomalum muddatga safdan chiqdi.
Malumot uchun, Braun va Verdum avval ham o'zaro to'qnash kelishgan edi. 2014 yilning aprel oyida bo'lib o'tgan jangda Verdum hakamlarning bir ovozdan bergan bahosiga ko'ra g'alaba qozongan edi.
Havola :
Fikrlar