12 noy 10:49
Yangiliklar
Og'ir atletika, Karate, Muaytay, Suv sporti turlari
VI Islom birdamligi o'yinlari. Bugun Akbar Jo'raevdan medallar shodasini kutamiz
Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida VI Islom birdamligi o'yinlari kompleks musobaqasi davom etmoqda.
Bugun musobaqaning navbatdagi kuni sport muxlislarini bir-biridan qiziqarli bellashuvlar kutmoqda. O'zbekiston delegaciyasi sportchilar kun davomida suzish, karate, muay-tay va og'ir atletika bahslarida ishtirok etishadi.
Og'ir atletika bo'yicha Olimpiada va jahon chempioni Akbar Jo'raevning chiqishini hamyurtlarimiz intiqlik bilan kutishyapti. Jo'raev supachaga chiqadigan 110 kg vazn toifasi bellashuvlari bizning vaqt bilan soat 14:00da boshlanadi.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar