21 noy 14:43
Yangiliklar
VI Islom birdamligi o'yinlari. Erkin kurashchilarimizda omadsiz start + FOTOGALEREYA
Xabar berganimizdek, bugun O'zbekiston sport delegaciyasi erkin kurash, jiu-jitsu va para pauerlifting bahslarida medallar uchun bellashishyapti. Afsuski, oltin medal kutganimiz erkin kurash musobaqasida terma jamoamizning to'rt nafar vakilining bari ilk davradayoq mag'lubiyat alamini totib ko'rdi.
Ularni mag'lub etgan kurashchilar finalga etib borgan taqdirda Jafar CHo'liboev, Bobur Islomov, SHerzod Poyonov va Hasanboy Rahimovda bronza medali uchun kurashni davom ettirish imkoni yuzaga keladi.
Erkin kurash. Ilk saralash bosqichi
74 kg: Jafar CHo'liboev – Nurkoja Kaypanov (Qozog'iston) - 0:11
86 kg: Bobur Islomov – Osman Gochen (Turkiya) - 2:2+
97 kg: SHerzod Poyonov – Axmed Tajudinov (Bahrayn) - 1:11
125 kg: Hasanboy Rahimov – Giorgi Meshvildishvili (Ozarbayjon) - 5:7





















Fikrlar