14 noy 10:48
Yangiliklar
VI Islom birdamligi o'yinlari. Medallar jamg'arish bo'yicha o'rnimiz o'zgardimi? (to'liq jadval)
Peshqadam Turkiya terma jamoasining oltin medallari 54 taga etdi, bizning umumiy medallarimiz hozircha 46 tani tashkil qilmoqda. Yon qo'shnilarimiz taqib etishyapti
Bugungi bellashuvlar oldidan medallar jamg'arish bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi 15 ta oltin, 17 ta kumush, 14 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida 2-o'rinni egallab turibdi. Bu borada yaqqol peshqadam Turkiya terma jamoasi hisobida 54 ta oltin, 26 ta kumush, 17 ta bronza, jami 97 ta medal bor.
Asosiy maqsadimiz avvalgi Islom Birdamligi o'yinlarida bo'lgani kabi 2-o'rinni saqlab qolish. Kuchli uchlikka Qozog'iston terma jamoasi yakun yasagan. Qo'shnilarimiz 10 ta oltin, 12 ta kumush, 13 ta bronza medaliga ega chiqishgan. Top-10`talikdan Eron, Misr, Nigeriya, Ozarbayjon, Bahrayn, Saudiya Arabistoni va Indoneziya terma jamoalari joy olgan.


Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar