29 dek 10:22
Yangiliklar
Boks/MMA

Video. Klichko - Joshua jangining beshinchi raundi eng yaxshi deb topildi
Dunyoga mashhur ESPN telekanali yakuniga etib borayotgan 2017 yilning boks janglaridagi eng yaxshi raundni aniqladi.
Unga ko'ra, superog'ir vazn toifasida jahon chempionlik kamari uchun kechgan britaniyalik Entoni Joshua hamda ukrainalik Vladimir Klichko o'rtasidagi superjangning beshinchi raundi 2017 yilning eng yaxshi boks jangidagi raund deb topildi.
O'sha jangning beshinchi raundida Joshua nomdor raqibini
birinchi nokdaunga uchratdi. Lekin tajribali Klichko chuqur nokdaundan so'ng o'rnidan
turishga muvaffaq bo'ldi. O'z o'rnida Vladimir ham Entonini nokdaun holatiga tushirib qo'ya olgandi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar