22 fev 14:02
Yangiliklar
Boks/MMA

Virjil Ortis Kanelo va Krouford o'rtasidagi ehtimoliy jangga munosabat bildirdi
Super yarimo'rta vazn toifasidagi amerikalik bokschi Virjil Ortis hamyurti Terens Krouford hamda meksikalik Saul Alvares o'rtasidagi jang haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Fikrimcha, bu jangda hakamlar qarori g'olibni aniqlab beradi. Bilasizmi, Kanelo hali ham Kanelo. Krouford, ehtimol P4P reytingidagi birinchi raqamli jangchidir, ammo ular bir xil vazn toifasida emas. U shunchaki yarimo'rta vazndan super yarimo'rta vaznga ko'tarildi. Agar ular bir vazn toifasida bo'lishganida, bu boshqa voqea, yanada raqobatli jang bo'lardi, ammo unday emas", dedi Ortis.
Virjilning o'zi bugun tunda o'zbekistonlik Isroil Madrimovga qarshi ringga ko'tariladi.
Havola :
Manba : Boxing Social
Fikrlar