09 mar 16:17
        Yangiliklar	
	
				
				    Boks/MMA			    
				 
				
			 
				"Vladimir Klichko chempionlik jangi o'tkazishni xohlaydi. U ajoyib formada" - promouter
Vladimir Klichkoning promouteri Tom Leffler afsonaviy bokschining ringga qaytishi mumkinligi haqida gapirdi.
			"Vladimir – tarixiy shaxs. Uning ismidan foydalanishni istamayman, lekin u chempionlik jangi o'tkazishni xohlayotganini tushunib turibman. Agar shunday yoshdagi odamlar orasida kimdir qayta ringga chiqishga qodir bo'lsa, u faqat Vladimir Klichkodir.
Har safar uni ko'rganimda, u ajoyib sport formada bo'ladi. Uning faoliyatini qayta tiklash uchun ko'p variantlari bor, masalan, Entoni Joshua va Tayson Fyuriga qarshi revansh jangi", - dedi promouter Tom Leffler.
            Havola            :         
                    Manba                : The Ring
             
			
Fikrlar