So’nggi yangiliklar

14:47UFC Fight Night 293 турнирининг бонуc cоҳиблари маълум 0 14:16Порье Махачевнинг жангдан бош тортгани ҳақида: "Менимча, у ҳеч кимдан қўрқмайди" 0 13:44"850 000 дан ортиқ овоз". Топурия UFC’даги кейинги рақиби ҳақида сўровнома эълон қилди 0 13:13Месси МЛС тарихида қаторасига икки мавсум тўпурар бўлган илк футболчига айланди 0 12:42"У иштонини ҳўллаб қўяди". Фьюри — Жошуа билан бўлажак жанги ҳақида 0 12:11Дональд Трамп Дана Уайт, Махачев ва Нурмагомедовга Оқ уйда ишлашни таклиф қилди 0 11:40Шара Буллетнинг жанги расман тасдиқланди + ПОСТЕР 0 11:09“Насаф” аёллар жамоаси Осиё Чемпионлар лигаси 1/4 финалига чиқди 0 10:38Умматалиев ғалаба қозонган оқшомнинг асосий жанги WBC камари учун кечди 0 10:07UFC Vegas 124: Қирғиз жангчиси 12-ғалабасини қўлга киритди 0 09:36Оғир вазнлилар иштирокидаги UFC Fight Night 293 турнирининг асосий жангида нокаут! 0 09:05Туркия Суперлигаси. "Башакшеҳир" меҳмонда камбэк эвазига ғалабага эришди + ВИДЕО 0 08:34Диёра Келдиёрованинг қайси мусобақада қатнашиши маълум бўлди 0 08:03Қозоғистон Олимпиада-2028 учун илк лицензиясини қўлга киритди 0 07:32Синдаров ва Гукеш матчида вақт назорати маълум бўлди 0

25 fev 18:56
Yangiliklar

Boks/MMA

Vladimir Klichko har tomondan hujum va bosqinga uchragan mamlakatning poytaxtidan yozadi: Bu Ukraina urushi emas. Bu Putinning urushi

Teglar :  Vladimir Klichko
Demokratlarsiz demokratiya bo'lmaydi.

Ukrainlik taniqli sportchilar o'z yurtlarida sodir bo'layotgan urushdan barcha kabi qattiq havotirda. Bokschi Vladimir Klichko ijtimoiy tarmoqda Rossiyaning Ukrainga bostirib kirgani va uning oqibatlari haqida yozdi.

«Men sizga Kievdan, urush bo'layotgan, har tomondan hujum va bosqinga uchragan mamlakatning poytaxtidan yozyapman. Bu "Ukraina urushi" emas, bu Putinning urushi. Bir necha oy davomida tuzilgan rejani yo'lga qo'yish uchun so'nggi bir necha hafta sokinliklari ortida puxta tayyorgarlik yashiringan edi.  Soxta diplomatik deklaraciyalar endi yo'q. Endi Rossiya prezidenti sof bolshevik ananalarida urush ritorikasidan foydalanmoqda va chegaralarni qayta taqsimlashni oqlash uchun tarixni qayta yozmoqda. U Ukraina davlatini va uning xalqining suverenitetini yo'q qilmoqchi ekanligini ochiq-oydin bildiradi. So'zlardan keyin raketalar va tanklar keladi. Bizning boshimizga vayronagarchilik va o'lim keladi. Yakunda, ko'z yoshlari bilan qon aralashadi.

Biz o'zimiz va farzandlarimiz kelajagi haqida xulosa chiqarish uchun jasoratli bo'lishimiz kerak. Bu xalqaro huquqning ochiqdan-ochiq buzilishidir. Va agar diqqat bilan tinglasangiz, bu urush Evropa haqida ham gapiradi.

Putin butun Evropa bo'ylab geosiyosiy muvozanatni shubha ostiga qo'ymoqchi, u slavyan xalqlari qaerda yashamasin, ularning himoyachisi bo'lishni orzu qiladi va halokatini hech qachon qabul qila olmagan, allaqachon yakson bo'lgan imperiyani tiklamoqchi. U bizning qitamizga buzilgan-hayoliy ulug'vor o'tmishning ko'zoynaklari orqali nigoh tashlaydi. SHunga qaramay, bu megalomaniya juda aniq tasirga ega. Evropa turmush tarzi tahdid ostida, xalqlarning o'z qarorlarini qabul qilish erkinligi va demokratiya tahdid ostida», - deb yozib qoldirdi, Vladimir Klichko Instagram sahifasida.

Reyting: +1   

Fikrlar

   
25 fev 20:33:09
Nodir7010
Suratdagi Vladimir Kilichko emas, Vitali Klichko
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing