29 apr 11:50
Yangiliklar
Boks/MMA

Vladimir Klichko: “Imkoniyatlar 50 ga 50, lekin bugungi oqshom meniki bo'ladi”
Xabar berganimizdek, bugun Angliyaning London shahridagi 90 000 tomoshabinni o'z bag'riga sig'dira oluvchi muhtasham “Uembli” stadionida uzoq kutilgan professional boks kechasi bo'lib o'tadi.
Oqshomning markaziy jangi superog'ir vazn toifasida o'tkaziladi. Unda IBF yo'nalishi chempioni britaniyalik Entoni Joshua sobiq jahon chempioni ukrainalik Vladimir Klichkoga qarshi ringga ko'tariladi.
“G'alabaga bo'lgan imkoniyatlar teng - 50 ga 50. Lekin nazarimda bugungi oqshom menga ataladi. Joshua shu paytgacha kuchli bokschilar bilan jang o'tkazmagan. Entoni Joshuaga so'nggi aytar gapim - unga omad tilayman”, - dedi Klichko.

Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar