25 okt 08:30
Yangiliklar
Boks/MMA

Vladimir Klichko jarohat oldi va endi bu yil hisobidan jang o'tkazmaydi
Professional boksning superog'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Vladimir Klichko mashg'ulot chog'ida jarohat oldi.
Buning natijasida ukrainalik 40 yoshli bokschi joriy yil hisobidan boshqa jang o'tkaza olmaydi. Klichko 10 dekabr kuni chempionlik janggi o'tkazishni rejalashtirgandi.
Klichkoning jamoasii IBF chempioni britaniyalik 27 yoshli Entoni Joshua bilan muzokara olib borayotgan edi. Endi bu jang katta ehtimol bilan 2017 yilning birinchi choragida bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar