30 apr 09:26
Yangiliklar
Boks/MMA

Vladimir Klichko: “Joshua bugun mendan yaxshiroq edi”
Ukrainalik bokschi Vladimir Klichko superog'ir vazn toifasida IBF chempioni britaniyalik Entoni Joshuadan uchralgan mag'lubiyatiga izoh berdi.
“Muxlislar ajoyib jang guvohiga aylanishdi. Bugun haqiqiy jentlmenlar ringda to'qnash kelishdi. Tan olaman, bugun Joshua mendan kuchliroq edi. Kuchli zarba o'tkazib yuborganiga qaramay, o'zida o'rnidan turishga kuch topa oldi”, - dedi Klichko.
Eslatib o'tamiz, kecha oqshom London shahridagi “Uembli” stadionida 90 000 muxlis ko'z o'ngida o'tgan chempionlik jangida britaniyalik bokschi 11-raundda texnik nokaut evaziga g'alaba qozongan edi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar