23 iyu 11:41
Yangiliklar
Boks/MMA

Vladimir Klichko: “Menimcha, Tayson Fyuri ruhiy kasal”
Professional boksning superog'ir vazn toifasida WBA (Super) va WBO yo'nalishlari sobiq chempioni ukrainalik 40 yoshli Vladimir Klichko amaldagi chempion 27 yoshli britaniyalik Tayson Fyuriga tarif berdi.
“Menimcha, u ruhiy kasal kishi. Bunday toifadagi chempionlar nafaqat butun dunyoga, balki Britaniyaning o'ziga ham kerak emas. Men uni chempionlik unvonidan mahrum qilaman”, - deya The Mirror nashriga intervyu bergan Klichko.
Eslatib o'tamiz, Vladimir Klichko va Tayson Fyuri o'rtasidagi chempionlik revansh jangi 9 iyul kuni Manchester shahrida bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar