09 may 21:02
Yangiliklar
Boks/MMA

Vladimir Klichko qanday sabab uni boksga qaytarishi mumkinligini aytdi
Boks bo'yicha sobiq jahon chempioni Vladimir Klichko boksga qaytishga sabab bo'lishi mumkin bo'lgan narsani aytdi.
"Motivaciyam avvalgidek qolgan. Men bungacha Jorj Formanning rekordi meni qiziqtirishini aytganman. Oxirgi to'rt yil ichida aynan shu narsani o'ylayman", - dedi Vladimir Klichko.
Malumot uchun, Jorj Forman 45 yosh 299 kunligida boksga qaytgan va jahon chempioni bo'lgan. Klichko esa shu yili mart oyida 45 ga to'ldi.
U oxirgi jangini 2017 yilda Entoni Joshuaga qarshi o'tkazib, mag'lubiyatga uchragandi.
Havola :
Manba : РИА
Fikrlar