So’nggi yangiliklar

17:43Осиё ўйинларининг ўн тўртинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 17:15Энтони Жошуа Фьюридан кейин ким билан жанг қилмоқчи эканлигини айтди 0 16:55Осиё ўйинларининг 14-кунини бешта медаль билан якунладик 0 16:24Ўзбекистондаги футбол мавсумини "куз-баҳор" форматига ўтказиш имкониятлари кўриб чиқилмоқда 0 14:39ESPN талқинига кўра 30 ёшгача бўлган энг яхши ММА жангчилари рейтинги эълон қилинди 0 11:28Самбо. Жаҳон чемпионатини иккита олтин медаль билан бошладик 0 20:05Расман: Отабек Шукуров Сербия клубига ўтди 0 19:47Осиё ўйинларининг сўнгги медалларга бой ўтадиган кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати маълум 0 18:50Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 18:22Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Туркияга имкониятни бой берди 0 17:30Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида спортчиларимиз 9 та медаль қўлга киритишди: шулардан 4 таси олтин! 0 21:42Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг 0 21:00Ўртоқлик ўйини. Ўзбекистон Сурияни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 19:45Осиё ўйинларининг ўн иккинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 19:08Эртага Осиё ўйинларида боксчиларимизни учта финал кутмоқда (бошланиш вақтлари) 0

04 fev 17:36
Yangiliklar

Tadbirlar, Futbol

Vladimir Safarov “Jismoniy tarbiya va sport alochisi” nishoni bilan taqdirlandi

Yaqinda mamlakatimiz futboli rivojiga katta hissa qo'shgan Vladimir Ashotovich Safarov tabarruk 80 yoshni qarshi oldi.

O'zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirining buyrug'iga binoan faxriy jurnalist va yozuvchi “Jismoniy tarbiya va sport alochisi” nishoni bilan taqdirlandi. Mukofotni Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o'rinbosari Oybek Kasimov topshirdi.

Vladimir Safarov O'zbekiston futboli va "Paxtakor"ga oid barcha muhim voqealarni qayd etib boruvchi inson sifatida jamoatchilikka yaxshi tanish. U jaz musiqasi shaydosi va ijrochisi, jurnalist, yozuvchi va o'zbek futboli tarixchisi sifatida ko'pchilikning qalbidan joy olgan.

U tashkil etgan "Arcax" jaz guruhi O'zbekistondagi arman milliy madaniy markazi nomidan xalqaro festivallarda faol qatnashib keladi. Turli mamlakatlardagi ommaviy axborot vositalarida Vladimir Safarovning uch mingdan ortiq maqolalari chop etilgan. Otaxon jurnalist O'zbekiston futboli tarixi va statistikasiga oid o'ttizdan ortiq kitoblar muallifi hisoblanadi. SHuningdek, bir qator mashhur futbolchilar va futbol klublari haqida kitoblar yozgan.

Vladimir Ashotovich o'zi to'plagan statistik malumotlarni "Rossiya futbolining yuz yilligi" va "Futbol sayyorasi" kitoblari yaratilish uchun taqdim etgan. Estoniyada chop etilgan "Mustaqil davlatlar futboli", Ukraina-Rossiyada omma etiboriga havola qilingan "Statistika to'plami" kitoblari uchun O'zbekiston futboli statistikalarini yig'ib bergan. 2000 yil O'FF tomonidan yilning eng yaxshi jurnalisti sifatida tan olingan. "O'zbek futboli enciklopediyasi" ham aynan Safarov tomonidan yaratilganini takidlab o'tamiz.

Vladimir Ashotovichning kitoblari orasida eng mashhurlari quyidagilardir:

“Paxtakor. Unutilmas uchrashuvlar...” (1990), “Paxtakor. 40 yilga cho'zilgan o'yin” (1995), “Aka-uka Anlar futboli” (2002), “Xotira qanotlari. "Paxtakor-79" aviahalokati hujjatli xronikasi” (2004), “O'zbek futboli afsonasi: Birodar Abduraimov” (2009), “Hamid Rahmatullaev – o'zbek Pelesi” (2011), “Bahodir Ibrohimov: Futbolga baxshida umr” (2013), “Igor SHkvirin. Hujumchining sarguzashtlari” (2014).

Vladimir Ashotovich hozir ham faol ijod qilishda davom etmoqda. Biz Safarov qalamiga mansub yangi va yangi asarlarni orziqib kutib qolamiz.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing