So’nggi yangiliklar

18:40"Бу ҳақда ҳамма жим". Стрикленд UFC’ни кескин танқид қилиб, ташкилотни тарк этиш ниятини билдирди 0 18:11Алекс Перейра нима учун боксга ўтмаслигини тушунтирди 0 17:40Чеферин тўртинчи муддатга ўз номзодини қўйишга қарор қилди 0 17:14WBA Хайме Мунгиянинг жангини тасдиқламади ва вазиятга муносабат билдирди 0 16:30"Опетайяни осонгина мағлуб этаман". Шон Стрикленд боксга ўтишга тайёрлигини билдирди 0 15:41Жанибек Алимханулининг чемпионлик жанги қачон ва қаерда ўтиши маълум бўлди 0 15:12Меҳди Тартар: "Ўзбекистон билан мунтазам ўйнаш Эрон терма жамоасининг обрўсини туширмоқда" 0 15:07Илья Сибирцев Жаҳон кубогида совриндор бўлди (ФОТО) 0 14:41Жавоҳир Умматалиевнинг Лондондаги рақиби испаниялик бўлади 0 14:10UFC шарҳловчиси Жо Роган янги шартнома бўйича чорак миллиард доллар олади 0 13:39Мексикада рестлинг турнири чоғида 75 ёшли ҳакам қабул қилинган усулдан сўнг вафот этди + ФОТО 0 13:08"Ўғлимни катта дарвозадан эмас, орқа эшикдан чиқариб юборишди". Роналдунинг онаси терма жамоа атрофидаги машмашаларга муносабат билдирди 0 12:37Кормье Гэтжини огоҳлантирди: "Бундай қилиш ярамайди" 0 12:06Тошкентда сузиш бўйича Жаҳон кубоги бошланди 0 11:35Бектемир Меликўзиев чемпионлик жангидан четда қолди(ми?) Хайме Мунгиянинг кейинги рақиби ва жанг санаси эълон қилинди 0

04 iyu 08:57
Yangiliklar

Kurash

Vodilda belbog'li kurash bo'yicha ananaviy turnir o'tkazildi

Teglar :  Belbog'li kurash
Joriy yilning 2 iyun kuni Farg'ona tumani Vodil qishlog'idagi “CHinor tagi” istirohat bog'ida belbog'li kurash bayrami bo'lib o'tdi.

Vodil qishlog'ida tug'ilib voyaga etgan, kurash muxlislari qalbidan joy olgan, o'z davrining mashhur va nomdor polvonlari bo'lgan - Xamid polvon Teshaboev, Temir polvon Mamajonov va Tursunali polvon Mamajonovlar xotirasi uchun hamda 1 iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan belbog'li kurash bo'yicha erkaklar o'rtasida ananaviy respublika ochiq turniri o'tkazildi. Mazkur Respublika ochiq turnirida O'zbekiston, Qirg'iziston, Tojikiston, Hindiston davlatlaridan 200 nafarga yaqin eng nomdor polvonlar ishtirok etishdi.

O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasi, Farg'ona viloyati hokimligi, Farg'ona viloyati sport boshqarmasi, Farg'ona tumani hokimligi hamda viloyat belbog'li kurash federaciyasi hamkorligida yuqori saviyada tashkil etilgan mazkur turnirda polvonlar 8 ta vazn toifalarida bellashishdi. Turnir doirasida shuningdek, tantanali ochilish marosimi tashkil etildi.
Yuqorida takidlaganimizdek, elda aziz polvon bobolarning yorqin xotirasi uchun tashkil etilgan belbog'li kurash bellashuvlari shiddatli va murosasiz bo'ldi.
Ayniqsa, har eshigidan ha desa polvonlar bo'y ko'rsatadigan, asli naslida polvonlik qoni ufurib turadigan vodillikliklarning kurashini ko'p sonli belbog'li kurash muxlislari shodu xurramlik bilan olqishlab turishdi.

Ochig'i, biz ham bellashuvlarni kurash maydonida turib tomosha qildik va shu erlik aholining milliy sport turimiz belbog'li kurashni ashaddiy shaydosi ekanligiga, polvonlaridan g'ururlanishiga havas qildik. Yanayam etiborlisi, bog'cha bolalarining ham belbog'li kurash bahslarini quvonch bilan kuzatishi bo'ldi.
Sayil kurashi tarzida o'tgan ushbu turnirda Najmiddin Umarov, Hayotbek Kamoliddinov, Nodirbek Haydaraliev, Diyorbek Polvonboev, Fayozbek Abdug'affarov, Pahlavon Umaraliev, Oybek Muhammadov, Bobirjon To'xtasinov singari polvonlar o'z vazn toifalarida raqiblarini engib, tashkilotchilar tomonidan diplom, medal va qimmatbaho esdalik sovrinlarga ega bo'lishdi.

Ilhom RAHMONOV Vodil qishlog'idan tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing