So’nggi yangiliklar

18:11Алекс Перейра нима учун боксга ўтмаслигини тушунтирди 0 17:40Чеферин тўртинчи муддатга ўз номзодини қўйишга қарор қилди 0 17:14WBA Хайме Мунгиянинг жангини тасдиқламади ва вазиятга муносабат билдирди 0 16:30"Опетайяни осонгина мағлуб этаман". Шон Стрикленд боксга ўтишга тайёрлигини билдирди 0 15:41Жанибек Алимханулининг чемпионлик жанги қачон ва қаерда ўтиши маълум бўлди 0 15:12Меҳди Тартар: "Ўзбекистон билан мунтазам ўйнаш Эрон терма жамоасининг обрўсини туширмоқда" 0 15:07Илья Сибирцев Жаҳон кубогида совриндор бўлди (ФОТО) 0 14:41Жавоҳир Умматалиевнинг Лондондаги рақиби испаниялик бўлади 0 14:10UFC шарҳловчиси Жо Роган янги шартнома бўйича чорак миллиард доллар олади 0 13:39Мексикада рестлинг турнири чоғида 75 ёшли ҳакам қабул қилинган усулдан сўнг вафот этди + ФОТО 0 13:08"Ўғлимни катта дарвозадан эмас, орқа эшикдан чиқариб юборишди". Роналдунинг онаси терма жамоа атрофидаги машмашаларга муносабат билдирди 0 12:37Кормье Гэтжини огоҳлантирди: "Бундай қилиш ярамайди" 0 12:06Тошкентда сузиш бўйича Жаҳон кубоги бошланди 0 11:35Бектемир Меликўзиев чемпионлик жангидан четда қолди(ми?) Хайме Мунгиянинг кейинги рақиби ва жанг санаси эълон қилинди 0 11:04Тони Кроос мураббийлик фаолиятини бошлаши мумкин 0

02 iyu 12:30
Yangiliklar

Kurash

Vodilda katta kurash bayrami

Teglar :  Kurash
1 iyun kuni Farg'ona tumanining Vodil qishlog'idagi “CHinor tagi” istirohat bog'ida katta kurash bayrami bo'lib o'tdi.

Aniqrog'i, shu qishloqda tug'ilib voyaga etgan, kurash muxlislari qalbidan joy olgan, o'z davrining mashhur va nomdor polvonlari bo'lgan - Xamid polvon Teshaboev, Temir polvon Mamajonov va Tursunali polvon Mamajonovlar xotirasi uchun hamda 1 iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan kurash bo'yicha erkaklar va ayollar o'rtasida ananaviy respublika ochiq turniri o'tkazildi.O'zbekiston Respublikasi sport vazirligi, O'zbekiston kurash federaciyasi taqvim-rejasidagi mazkur Respublika ochiq turnirida O'zbekiston, Qirg'iziston, Tojikiston, Afg'oniston davlatlaridan 100 nafardan ortiq eng nomdor polvonlar ishtirok etishdi.

O'zbekiston kurash federaciyasi, Farg'ona viloyati hokimligi, Farg'ona viloyati prokuraturasi hamda viloyat kurash federaciyasi hamkorligida yuqori saviyada tashkil etilgan mazkur turnirda erkaklar -66 kg., 73 kg., 81 +90 kg. vazn toifalarida ayollar -57 kg., -70kg., +70 kg., vazn toifalarida bellashishdi. Turnir doirasida shuningdek, tantanali ochilish marosimi tashkil etildi.
Murosasiz va shiddatli o'tgan bellashuvlar natijasiga ko'ra, qo'ydagi polvonlar kuchli uchlikdan joy olishga muvaffaq bo'lishdi.

Erkaklar
66 kg.
1. Avazjon Ashurov (Surxondaryo)
2. Sardor Islomov (Buxoro)
3. Niyozbek Hasanboea (Namangan)
3. Saidolimxon Munavvarov (Sirdaryo)

73 kg.
1. Ziyodullo Alijonov (Farg'ona)
2. Oyatillo Rajabov (Farg'ona)
3. Muhammadrasul Ramanov (Farg'ona)
3. Manuchir SHirinov (Buxoro)

81 kg.
1. Asadbek CHoriev (Surxondaryo)
2. To'lqin Ochilov (Qashqadaryo)
3. SHahzod Ochilov (Farg'ona)
3. Javohir Ahmedov (Surxondaryo)

+90 kg.
1. Baxrom Saitov (Buxoro)
2. Azamat Mo'minov (Andijon)
3. Asilbek Xolmurodov (Samarqand)
3. Dilshod Bahodirov (Farg'ona)

Ayollar
57 kg.
1. Azizaxon Tohirjonova (Namangan)
2. Hilola Ortiqboeva (Sirdaryo)
3. Azizabegim Najimova (Samarqand)
3. Fotima Qodirova (Sirdar)

70 kg.
1. Mashhura G'anieva (Samarqand)
2. Muslima Ahmedova (Jizzax)
3. Tillo Xonimqulova (Surhondaryo)
3. Sevinch To'raqulova (Toshkent sh.)

+70 kg.
1. Pokiza Kamoliddinova (Farg'ona)
2. SHohista Nazarova (Jizzax)
3. Malika Zohidova (Farg'ona)
3. Ravzahon Asadova (Toshkent shahri).

Turnirda birinchi o'rin sohiblari 800 AQSH dollaridan, ikkinchi o'rinni qo'lga kiritgan polvonlar 400 AQSH dollari va ikkita uchinchi o'rin egalari 200 AQSH dollari bilan mukofotlanishdi.

Ilhom RAHMONOV Vodil qishlog'idan tayyorladi


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing