01 iyu 12:17
Yangiliklar

Vodilda kurash va belbog'li kurash bo'yicha ananaviy musobaqa boshlandi
Aniqrog'i, shu qishloqda tug'ilib voyaga etgan, kurash muxlislari qalbidan joy olgan, o'z davrining nomdor polvonlari bo'lgan - Xamid va Temir polvonlar xotirasi uchun hamda 1 iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan belbog'li kurash va kurash bo'yicha ananaviy respublika ochiq turniri o'tkazilmoqda.
O'zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi, kurash va belbog'li kurash federaciyalari taqvim-rejasidagi mazkur ochiq turnirda mamlakatimiz va qo'shni Qirg'iziston, Tojikiston respublikalaridan 300 nafarga yaqin polvon ishtirok etmoqda.
Yuqori saviyada tashkil etilgan mazkur turnirda polvonlar belbog'li kurash bo'yicha 55 kg., 60 kg., 66 kg., 73 kg., 81 kg., 90 kg., 100 kg., +100 kg. vazn, kurash bo'yicha erkaklar 60 kg., 66 kg., 73 kg., 81 kg., 90 kg., +90 kg., ayollar esa 52 kg., 63 kg. hamda +63 kg. vazn toifalarida bellashishmoqda.
Har ikkala sport turi bo'yicha bellashuvlar bugun kun bo'yi davom etadi. Turnir yakuniga etgach, batafsil jarayonlar bilan tanishtirib o'tamiz.
Ilhom RAHMONOV Vodil qishlog'idan tayyorladi
Fikrlar