So’nggi yangiliklar

18:44БАА бош мураббийи мухлисларга мурожаат билан чиқди 0 18:23Ўзбекистон бокс терма жамоаси "Эйндховен кубоги"да қатнашади 0 18:02Петр Ян Двалишвили - О’Мэлли реванши учун тахмин билдирди 0 17:41"Алекс энди қайтмайди". Анкалаев Перейра ҳақида гапирди 0 17:20Гарначо фаолиятини АПЛда давом эттиришга қарор қилди 0 16:59Царукян — Махачев билан реванш ҳақида: "Бу ёпиқ мавзу" 0 16:38World Boxing спортчиларнинг жинсини аниқлаш учун мажбурий тест жорий этади 0 16:17Дзюдочиларимизнинг Жаҳон чемпионатига тайёргарлигидан ФОТОРЕПОРТАЖ 0 15:56ПСЖ яна бир иқтидор учун курашга қўшилди 0 15:35Жон Жонс Аспиналл билан жанг ҳақида: "Биз келишиб олдик" 0 15:14Чимаев чемпионлик жанги учун Кисловодскда йиғин ўтказяпти, Хотамбек Бойназаров ҳам ўша ерда 0 14:53Царукян Махачев — Маддалена жангининг фаворити кимлигини айтди 0 14:32Ҳамдан ибн Муборак БАА олдига Ўзбекистонга муносиб қаршилик кўрсатиш талабини қўйди 0 14:11Маҳмуд Мурадов чемпионлик жанги олдидан рақиби билан учрашди (ВИДЕО) 0 13:50Бутунжаҳон каратэ федерацияси машҳур актёр — Жеки Чанни қора камар билан тақдирлади (ФОТО) 0

06 mar 14:32
Yangiliklar

Bolalar sporti

Vodiydagi oltin qoida

Teglar :  Farg'ona
Qaerda sport jadal rivojlanadi? Qaerdaki, rahbar sportga qiziqsa, uni quvvatlasa, g'amxo'rlik ko'rsatsa!

Alalxusus, Farg'onada sportni juda sevishadi. Viloyat rahbaridan tortib oddiy fuqarogacha sportga qiziqadi, shug'ullanadi, muxlislik qiladi. SHu boisdanmi, viloyatda ko'pgina sport turlaridan tajribali murabbiylar, mahoratli sportchilar jamoasi shakllangan.

Jumladan, Farg'ona shahar 1-sonli sport maktabida 56 nafar murabbiy faoliyat yuritadi. Ustozlar 895 nafar o'g'il-qizga 26 ta sport turidan saboq berib kelishmoqda. Eldor Isoqjonov rahbarlik qilayotgan sport maktabi o'quvchilari 2022-2023 yillar davomida turli xalqaro turnirlar, jahon va Osiyo chempionatlari, respublika miqyosidagi musobaqalarda jami 450 ta medalni qo'lga kiritishdi. 

Albatta, bunda O'zbekiston chempionati va kubogi bahslarida 118 ta oltin, 135 ta kumush, 168 ta bronza medali sohibi bo'lgan atletlar natijasi tahsinga loyiq. Bu natijadorlik ortidan o'tgan yili 39 nafar sportchi milliy terma jamoalarimizga jalb etildi.

Bu raqamlar ortidagi mashaqqatni hech his etganmisiz? Albatta, chempionlik shohsupasiga ko'tarilib, Vatan bayrog'ini sarbaland qilgan sportchini ko'rganda beixtiyor qalbingiz to'lqinlanadi. Ammo uning bu darajaga qanday etib kelganini tasavvur qilib ko'rganmisiz?  

Sportchi dastlab o'z maktabidagi tengqurlari orasida, odatiy mashg'ulotlarda “sparring” raqiblarini mag'lub etadi. Keyin shahar birinchiligi, so'ngra viloyat bahslari... Tinimsiz mashg'ulot va musobaqalarda nafaqat chempion sportchi, balki irodali va o'ziga ishonchi shakllangan komil inson kamolga etadi.

So'nggi ikki yilda muassasaning 9 nafar o'quvchisi ixtisoslashtirilgan sport maktabiga, 24 nafari Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markaziga jalb etildi. Yana bir etiborli jihat, sport maktabidagi qulay-sharoitlar. Yani, maktab sportsevarlari shug'ullanadigan “Samo” sport majmuasi muassasaning yutuqlari debochasidir.

CHunki Farg'ona viloyati markaziga o'zgacha ko'rk va fayz bag'ishlab turadigan bu majmuada ko'plab nufuzli musobaqalarga mezbonlik qiladi. Jumladan, mazkur arenada o'tgan yili ikki marotaba xalqaro, to'rt marta respublika musobaqalari tashkil qilindi. 26 ta shahar, 10 ta viloyat miqyosidagi bahslar mezbonligi yuqori saviyada olib borildi.

Eng etibolisi, “Samo”majmuasida viloyat hokimi Xayrulla Bozorov tashabbusi bilan futbol va voleybol jamoalariga asos solindi. “Istiqbol” futbol jamoasi o'z oti bilan yorqin istiqbolni ko'zlab tashkil etilganki, unda 30 nafar istedodli o'spirin charm to'p sir-asrorlarini o'zlashtirmoqda. Turli musobaqalarda ishtirok etib, tajriba to'playotir.

Joriy yilda Farg'onaning “Neftchi” futbol klubi O'zbekiston superligasida medallar, yuqori o'rinlar uchun dalil kurashga kirishdi. Bosh jamoaning muvaffaqiyatlari esa yosh futbolchilarga ham kuchli motivaciya bo'lishi muqarrar.  

Voleybol klubida esa 17 nafar sportchi viloyat shanini ko'tarishga, ishqibozlarni chiroyli o'yinlari bilan xursand qilishga astodil bel bog'lagan, mashg'ulotlarga zo'r berishgan.

O'g'il va qizlarni ularning jajjiligidan mashg'ulotlarga jalb qilish maqsadida 80 nafar 4-6 yoshli bolalar yangi tizim asosida sog'lomlashtirish guruhlariga qabul qilindi. Ularning mashg'ulotlarini kuzatar ekansiz, bolalardagi beg'uborlik dilingizni umidga to'ldiradi. CHarchoq bilmas bolajonlarda sportchilik, kurashuvchanlik sifatlari kamol topayotganiga ich-ichingizdan quvonasiz. 

Bolaligingizda bunday sharoitlar, sportga etibor bo'lmagani yodingizga tushadi. Jajji o'g'il-qizlarga havas qilasiz. Yana 10-15 yilda ulardan Bahodir Jalolovdek kuchli bokschi, Abbos Fayzullaevdek mohir charm to'p ustasi, aka-uka Mahamatovlar singari elkasi er ko'rmagan polvonlar etishib chiqishiga astoydil ishonasiz, shularni niyatlaysiz...

Mamlakatimizda ommaviy sportning haqiqiy targ'ibotchiga aylanib ulgurgan “Besh tashabbus Olimpiadasi” bahslarining yo'lga qo'yilgani ham katta voqelik bo'ldi. O'tgan yili aynan “Besh tashabbus Olimpiadasi”da olib borilgan selekciya ishlari natijasida 32 nafar o'g'il-qiz tanlab olinib, sport maktabiga o'qishga qabul qilindi.

Xulosa o'rnida aytish mumkinki, Farg'ona viloyatida “Ommaviylikdan professionalizm sari!” degan sportning oltin qoidasi amalda. Bundan esa sport ham, sport ishqibozlari yutishi muqarrar...

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing