03 avg 12:30
Yangiliklar
Voleybol

Voleybolchilarimiz Jahon chempionatida kambek evaziga Yaponiyani mag'lub etishdi
Poytaxtimizda tashkil etilayotgan voleybol bo'yicha U19 yosh toifasidagi Jahon chempionati hal qiluvchi bosqichga kirdi.
Mezbon sifatida qatnashayotgan O'zbekiston terma jamoasi pley-off bosqichida Yaponiyaga bilan bahs olib bordi va 3:1 hisobida g'alaba qozondi. Voleybolchilarimiz birinchi partiyani 14:25 hisobida boy berganlariga qaramay, yakunda g'alabani o'z tomonlariga og'dirib olishdi.
Bugun vakillarimiz 13-o'rin uchun kechadigan bellashuvda pokistonlik tengqurlariga qarshi qarshi maydonga chiqishadi.
O'zbekiston – Yaponiya 3-1 (14:25, 25:21, 25:21, 25:14)
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar