12 apr 08:29
Yangiliklar
Boks/MMA
Volkanovski navbatdagi raqibi haqida gapirdi
Yarimengil vaznda UFC chempioni Alesandr Volkanovski koreyalik CHon CHxan Sonni mag'lub etganidan so'ng keyingi jangni kimga qarshi o'tkazishni xohlashini aytdi.
"Kim bilan jang qilishni xohlayman? Kim bilan bo'lsa ham farqi yo'q. Bilamizki, dastlab Maks Xollouey bilan jang qilishim kerak edi, ko'ramiz UFC nima derkin, divizionimizda zichlik bor.
Darvoqe, divizionimdagilarning barchasiga buni doim aytganman: o'z ishingiz bilan shug'ullaning, birinchi qatorni egallang va kamar uchun jangga ega bo'ling. Agar yo'q bo'lsa, siz bu imkoniyatni shunchaki qo'ldan boy berasiz", - dedi Volkanovski jangdan so'ng.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar