10 fev 15:56
Yangiliklar

Volkanovski Xolloueyni aybladi
"Maks o'zi ishtirok etishi kerak bo'lgan jangda, zaxira o'rinbosari bo'lishni xohlayapti. Boshqa manbalarga ko'ra, u jarohat olgan. SHunchaki, u men bilan jang qilmasligiga umid qilgandim, unda men bilan jang qilish istagi paydo bo'lganda, men boshqasi bilan jangga tayyorgarlik ko'rayotgan bo'laman. Ha, urinib ko'rish qiyin emas, lekin mening javobim — yo'q", — deb yozgan avstraliyalik jangchi o'z tvitter sahifasiga.
Eslatib o'tamiz, Volkanovski-Xollouey titul jangi 5 mart sanasida Las Vegasdagi UFC 272 turniri doirasida bo'lib o'tishi kerak edi, ammo, jang rasman elon qilinganidan bir necha kun o'tib, Xollouey jangda qatnasha olmasligini bildirdi va natijada uning o'rniga "Koreyalik zombi" Volkanovskiga raqiblik qiladigan bo'ldi.
Keyinroq esa chempionlik jangi 9 aprel sanasida, Jeksonvilda bo'lib o'tadigan UFC 273 turniriga ko'chirilgani malum qilindi. Bir necha kun oldin, Xollouey sog'ligi joyidaligi va chempionlik jangini sug'urtalaganini aytgan edi.
Fikrlar