11 apr 09:05
Yangiliklar
Boks/MMA

Volkanovskining g'alabali seriyasi 21 taga etdi. U so'nggi bor 2013 yilda mag'lub bo'lgan
Kecha UFC 273 turnirining asosiy jangida o'rta engil vazn toifasida liga chempioni, avstraliyalik Aleks Volkanovski koreyalik CHung CHxan Songa qarshi oktagonga ko'tarilgandi.
Dastlabki uch raund Volkanovskining katta ustunligi bilan o'tdi. To'rtinchi raund boshida avstraliyalik jangchi texnik nokaut bilan g'alabaga erishdi. Bu bilan Volkanovski o'rta engil vazn toifasida UFC chempionligini himoya qildi va ketma-ket g'alabali seriyasini 21 ta jangga etkazib oldi.
Hozirda Aleksandr Volkanovski xisobida 24 ta g'alaba va bir mag'lubiyat bor. U 2013 yilning 10 may kuni Australian Fighting Championship'ning 5-turnirida Kori Nelsondan yagona mag'lubiyatni qabul qilib olgandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar