29 mar 09:56
Yangiliklar
Boks/MMA

Volkov: "Ngannu bilan jang qilishga tayyorman. Aynan shu sababli ham bu erdaman"
UFC jangchisi Aleksandr Volkov Fransis Ngannuning Miochich ustidan qozongan g'alabasiga o'z munosabatini bildirdi.
"Miochich - Ngannu jangini tomosha qildim. Haqiqatdan ham, Ngannu ushbu jangda juda kuchli ko'rindi.
Menimcha bu uning faoliyatidagi eng zo'r jangi. U jangchi intellektini va taktikasini namoyish eta oldi. Ikkinchi raqam bo'lib ishladi, Miochichni xatolarini poylab, kutib oldi. Yaxshi himoyalandi.
Men u bilan jang qilishga tayyorman. Aynan shuning uchun ham bu erdaman. Agar Ngannu hozircha band bo'lsa, Stipe esa faoliyatini davom ettiradigan bo'lsa, u bilan jangga tayyorman. Kamar sari ketmoqdamiz. G'alaba qozonamiz", - dedi Volkov.
Havola :
Manba : Sports.ru
Fikrlar