06 may 16:16
Yangiliklar
Boks/MMA
Volkov nima uchun Aleks Pereyra Siril Gan bilan jangda qiynalishini aytdi
UFC jangchisi Aleksandr Volkov Aleks Pereyraning Siril Ganga qarshi jangda qiyinchilikka duch kelishini izohladi.
"Aleks og'ir vaznda qanday harakat qilishini bilmayman. Agar uning tanasi genetik jihatdan o'ta noyob bo'lmasa, unga qiyin bo'ladi. Uning tanasida suv ko'p ekani haqida gaplar bor — bu esa kardio, zarbalar va boshqa jihatlarga salbiy tasir qiladi. Og'ir vaznda esa barchasi yanada qiyinlashadi va ko'proq energiya sarflanadi.
Siril Gan juda atletik va ko'p harakat qiladi. Uning harakatlari alo darajada. Pereyraning uslubi esa raqibni qisib, bo'shliq qoldirmasdan zarba berishga qaratilgan. Lekin Ganga qarshi buni qilish juda qiyin. Men u bilan oktagonda to'qnashganman — uni tutib olish qiyin, chunki u doim harakatda. Bu katta muammo", - dedi Volkov.
Havola :
Manba : MMA Fighting
Fikrlar