20 mar 15:18
Yangiliklar
Boks/MMA

Volkov ustidan g'alaba qozongan Aspinall endi kim bilan jang qilmoqchiligini aytdi
Britaniyalik UFC jangchisi Tom Aspinall rossiyalik Aleksandr Volkov ustidan g'alaba qozonganidan so'ng, navbatdagi raqibi sifatida kimni ko'rishni xohlashini aytdi.
"Biz nafaqat Avstraliyada, balki Buyuk Britaniyada ham pivo ichamiz. Keyingi safar, Tay Tuivasa, Buyuk Britaniyaga kelganingda, biz buni qilamiz. Men tayyorman", - deya Aspinallning so'zlarini keltiradi MMA Fighting.
Eslatma uchun, Aspinall bugun Volkovni birinchi raunddayoq mag'lubiyatga uchratdi.
Aspinall bu jang orqali aralash yakkakurashlardagi 12-g'alabasini nishonladi, bundan tashqari uning hisobida 2 mag'lubiyat ham bor.
Tuivasaga keladigan bo'lsak, u aralash yakkakurashlarda 18 jang o'tkazib, 14 g'alabaga erishgan va to'rt bor mag'lubiyatga uchragan. Avstraliyalik jangchi so'nggi bor UFC 271 turnirida Derrik Lyuisga qarshi jang qilib, g'alaba qozongan.
Havola :
Manba : Сhampionat.com
Fikrlar