22 may 11:08
Yangiliklar
Boks/MMA

Voqealar rivoji o'zgarib ketdi. Uaylder - Fyuri trilogiyasi o'tkaziladi!
Superog'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Deontey Uaylder amaldagi WBC chempioni Tayson Fyuri bilan uchinchi jangni o'tkazadi.
Xabarda aytilishicha, Uaylder trilogiya shartnomasiga imzo chekib bo'lgan. Fyuri esa Las-Vegasga yo'l olgan va yaqin soatlarda u ham jang shartnomasiga o'z imzosini qo'yadi.
Fyuri – Uaylder chempionlik jangi 24 iyul kuni AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida bo'lib o'tadi. 2018 yilda o'tgan ilk jangda durang natija qayd etilgan bo'lsa, 2020 yilda Fyuri g'alaba qozongan edi.
Havola :
Manba : isport
Fikrlar