23 mar 15:55
Yangiliklar
Boks/MMA

Vudli Makgregorga: Divanda o'tiravermay o'rningdan tur va men bilan jang qil!
Yarim o'rta vazn toifasida sobiq UFC chempioni Tayron Vudli yana bir sobiq chempion Konor Makgregorni oktagonga chorladi.
"Konor yaqin orada hech kimga jangga chorlamaydi. Yaqin men u bilan gaplashdim: Divanda o'tiravermay, o'rningdan tur va men bilan yarim o'rta vaznda jang qil! Ha, biz ikkimiz chempionlik jangida yutqazdik, lekin bu bilan hayot to'xtab qolmadi.
Konor, qaerdasan? Javob ber! Yosh bola bo'lishni yig'ishtir va mening chorlovimni qabul qil", - dedi Vudli.
Havola :
Fikrlar