So’nggi yangiliklar

00:13Барча кутган "аср жанги" Эрали — Абдурозик тўқнашуви якунланди 0 19:46Франция кетма-кет 6та учрашувдан бери ўйиндан гол урмаяпти. Бу уларнинг 60 йиллик антирекорди 0 19:25Емельяненко - Рой Жонс жангини ташкил этишмоқчи 0 19:03Бокс бўйича собиқ Жаҳон чемпиони Мексикада ЙТХга сабаб бўлди. Оқибатда бир инсон ҳаётдан кўз юмди 0 18:42Олимпиада чемпиони: "Конкабаевда Жалоловни мағлуб этиш имконияти бор" 0 18:21Германия - Испания учрашувидан сўнг олмонлар мураббийи ҳакамлар хонасига бостириб кирди 0 18:00Эрали - Абдурозик жангини қандай томоша қилиш мумкин? 0 17:39Қозоғистон IBАни тарк этадими? Головкин баёнот берди 0 17:18UFC 305 турнири жанглари расман тасдиқланди! 0 16:57Ламин Ямал: "Ҳеч ким у билан тенглаша олмайди" 0 16:36Иржи Прохазка вазн тоифасини ўзгартириши мумкин 0 16:15Гарсия ирқчиликка оид сўзлари сабаб WBC'дан четлатилди 0 15:54Шоҳасан Мирзаматов олдида жиддий синов. У қозоғистонлик тажрибали жангчи билан тўқнаш келади + ПОСТЕР 0 15:33"Лион" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширди 0 15:12Чемпион Стивенсон ва даъвогар Арутюнян тарозидан ўтиб олди 0

01 iyu 07:11
Yangiliklar

Dzyudo

Vyacheslav Pereteyko bilan katta suhbat: sport va hakamlikdagi faoliyat

Mamlakatni dunyoga nafaqat sportchilar, balki obro'si ulardan aslo kam bo'lmagan hakamlar ham tanitishadi.

Bunga sportdan ko'plab misollar keltirish mumkin. Fikrimizga birgina hozirda O'zbekiston Jismoniy tarbiya sport vazirining birinchi o'rinbosari lavozimida ishlayotgan sobiq FIFA referisi Ravshan Ermatov isbot bo'ladi. Osiyoning besh karra eng yaxshi referisi deb topilgan Ravshan Sayfutdinovich jahon chempionatlarining final bosqich uchrashuvlarini eng ko'p (9 ta o'yin) boshqargan hakam hisobalanadi. Endi dzyudo misolida olsak, bugungi kunda hakamlarimizdan Ramziddin Saidov va Vyacheslav Pereteyko O'zbekiston sporti dovrug'ini dunyoga yanada tanitishga o'z hissalarini qo'shib kelishyapti. Quyida sizlarni xalqaro toifadagi hakam Vyacheslav Pereteyko bilan yaqindan tanishtiramiz.      

- Suhbatimiz avvalida dzyudodagi ilk qadamlaringizni esga olsak. Nima uchun aynan yapon milliy sport turini tanlagansiz?

- O'n ikki yoshimda dzyudo to'garagiga qatnay boshladim. Ungacha akam aynan shu to'garakda dzyudo bilan shug'ullanardi. Akamga havas qilib men ham ushbu yakkakurash turi bilan shug'ullanishni boshladim. 

- Dzyudoga mehr ilk mashg'ulotlardayoq paydo bo'ldimi yoki buning uchun malum vaqt talab etildimi?

- Dastlabki kunning o'zidayoq dzyudo mening sport turim ekanini tushunib etganman. Menga kurashish yoqardi.

- Birinchi murabbiyingiz kim edi?

- Biz mashg'ulot o'tkazadigan sekciyada ikki murabbiy ishlardi - Kan Rodion Nikolaevich va Pyataev Vladimir Evgenievich. Men Kan Rodionning to'garagiga yozilganman.

- Murabbiyingizning qaysi xislatlarini o'zlashtirib olishga erishgansiz?

- Aniq maqsad sari intilish, g'alaba yo'lidagi iroda, dzyudoga bo'lgan muhabbat. Murabbiyimning ana shu uch xislatini o'zimda aks ettirish uchun harakat qilganman va bunga qaysidir manoda erishganman deb  o'ylayman.  

- Ilk ishtirok etgan musobaqangiz esingizdami? 

- Birinchi musobaqam Toshkent shahar chempionati bo'lgan. Unda yutqazib qo'yganman. Yani, debyut omadsiz chiqqandi (kuladi). Ikkinchi musobaqamda esa kumush medalni qo'lga kiritganman. O'sha paytda dzyudo bilan shug'ullanayotganimga endigina to'rt oy bo'lgandi. Hozirgacha o'sha birinchi medal men uchun qadrli bo'lib kelmoqda. 

- Birinchi xalqaro musobaqangiz-chi?

- Bilasizmi, bizning yoshlik paytlarda xalqaro musobaqalar juda kam bo'lar edi. O'n besh yoshimda o'zim uchun ilk xalqaro turnirda ishtirok etganman. U ham bo'lsa o'zimizda o'tkazilgan Uchqun Murodov xotirasiga bag'ishlangan xalqaro turnir edi. Unda men bronza medalini qo'lga kiritganman. 

- Terma jamoadan qachon chaqiruv oldingiz?

- 1997 yil kadetlar o'rtasida O'zbekiston chempioni bo'lganman. Aynan shu musobaqadan keyin meni o'smirlar terma jamoasiga taklif qilishgan. O'shanda 16 yoshda edim. Keyin navbati bilan yoshlar terma jamoasiga o'tdim. 2000 yilda esa kattalar terma jamoasi safiga qo'shildim. Kattalar o'rtasidagi O'zbekiston chempionatida bronza medalini qo'lga kiritganimdan keyin meni asosiy jamoamizga chaqirishdi. Men uchun birinchi chinakam jiddiy musobaqa 2001 yili Minsk shahrida bo'lib o'tgandi. Belarusdagi musobaqa Myunxen shahri mezbonlik qilgan jahon chempionati oldidan dzyudochilarga so'nggi tayyorgarlik vazifasini o'tab bergan edi. Afsuski, Minskdagi turnirda yutqazib qo'ygandim. O'shanda 20 yosh edim. 

- Siz uchun qita miqyosidagi birinchi jiddiy chaqiruv bu 2002 yili Pusan shahrida o'tkazilgan Osiyo o'yinlari edi...

- Ha, xuddi shunday. O'shanda -90 kg vaznda tatamiga chiqib, yakunda bronza medalini qo'lga kiritganman. Osiyo o'yinlaridan keyin menga xalqaro toifadagi sport ustasi unvonini berishgan edi. 

- Olimpiada har bir sportchining orzusi hisoblanadi. Sizga to'rt yillikning eng nufuzli musobaqasida qatnashish baxti nasib etgan. SHu haqida gapirib bersangiz.  

- Olimpiada ochilish marosimining o'zi to'lqinlanib gapirish uchun sabab bo'ladigan jarayon. O'zbekiston sport delegaciyasi tarkibida maydonga chiqib kelayotganimda badanimdan chumolilar yurgandek bo'lgandi. Stadiondagi muhitni so'z bilan tasvirlab berish mushkul. Bir necha yil davomida olib borilgan mashaqqatli mashg'ulotlar Olimpiadaning ochilish marosimidayoq esdan chiqib ketgandi.

- Deyarli har bir sportchining faoliyati davomida asosiy raqibi bo'ladi. Sizda ham shunday raqib bo'lganmi?

- Ha bo'lgan. Musobaqalarda koreyalik Xvang bilan yo'llarimiz ko'pincha kesishib qolardi. Men u bilan yoshlar terma jamoasidagi paytimdayoq tanishgandim. U mendan ikki yoshga katta edi. Seulga o'quv-mashg'ulot yig'ini o'tkazish uchun borganimizda Xvang menga bir nechta usullarni o'rgatgandi. Ular orasida yotgan holatda ishlatiladigan Newaza nomli ayyorona usul ham bor edi. Taqdir taqozosi bilan biz o'sha uchrashuvdan uch yil o'tib, Tokiodagi turnirda to'qnash keldik. Kodokanda o'tgan o'sha bellashuvda men Xvangga yutqazib qo'ygandim. Lekin bahs ikkalamiz uchun ham qiyin kechgandi. Buni uning o'zi ham aytgandi. 

- Faoliyatingizga nazar tashlasak, sizga jahon va Osiyo chempionatlari, Osiyo o'yinlarining oltin medali nasib etmagan...

- Nachora, shunday ham bo'lar ekan. Almatida o'tgan Osiyo chempionatida men oltin medalga juda yaqin kelgandim. Ammo, finalda koreyalik dzyudochiga imkoniyatni boy berib qo'ygan edim. 

- Ko'pchilik dzyudochilar faoliyatlarini yakunlagandan keyin o'zlarini murabbiylikda sinab ko'radilar. Siz esa hakamlikni tanladingiz. Bu qarorga kelish siz uchun qiyin kechmaganmidi?

- Armen Bagdasarov sabab hakamlikni tanlaganman. Bilsizmi, sportchilik faoliyatim tugaganidan keyin dzyudodan yiroqlashdim. Uch yildan ko'proq vaqt davomida xordiq chiqardim. Kunlarning birida Armen Yurevich yoniga chaqirib, hakamlikda o'zimni sinab ko'rishimni tavsiya qildi. O'sha paytda Osiyoda hakamlik qilish imkonini beruvchi imtixonlar o'tkazilishiga ikki oycha vaqt qolgandi. Tezda hakamlikning nozik jihatlarini o'zlashtirish, o'rganishga kirishib ketdim. Yaratganning marhamati va yordami bilan bilan hakamlik faoliyatim boshlandi. Armen Bagdasarov esa bunga sababchi bo'lib qoldi. Malum muddat o'tganidan keyin menga o'smirlar va yoshlar terma jamoasida katta murabbiy lavozimini taklif qilishdi. Bunga bajonidil rozilik berdim. Tabiiyki, hakamlik faoliyatidan biroz uzoqlashdim. Murabbiy sifatida etti yil ishladim. Terma jamoa bilan birga ko'plab musobaqalarga bordim. SHunga qaramay men hamon xalqaro dzyudo federaciyasi hakamlar qo'mitasining azosi edim. 2017 yilda yana hakamlikka qaytdim. Faqat buning uchun imtixondan o'tishim talab etilardi. Praga shahrida xalqaro toifa uchun bo'lgan imtixonlarni muvaffaqiyatli tarzda topshirdim. Baxtimga Toshkent Gran-prisi boshlanish arafasida edi. O'zbekiston dzyudo federaciyasi rahbariyati musobaqada hakamlik qilish uchun nomzodimni ilgari surdi. SHu tariqa IJF miqyosidagi turnirlardagi hakamlik faoliyatim boshlandi. 

- Tokio Olimpiadasi 2021 yilga qoldirildi. Bu o'zgarish terma jamoamiz uchun foydali bo'ldimi yoki aksincha?

- O'ylashimcha, bu foydamizga ishlaydi. Hozir bizda yosh dzyudochilardan iborat jamoa shakllanmoqda. Bir yil ichida ular katta tajriba to'plab olishadi va yanada kuchga to'lishadi. Eng muhimi, ana shu bir yillik muddatni samarali mashg'ulotlar bilan o'tkazish kerak. Fursatdan foydalanib, dzyudochilarimizga omad tilayman. Hali bizda dzyudo bo'yicha Olimpiadaning oltin medali yo'q. Ishonamanki, Ilias Iliadis boshchiligidagi dzyudochilarimiz bu noxush anaanaga chek qo'yishadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing