02 noy 12:21
Yangiliklar
Tennis
W15 Tashkent: Yakkalik bahslarida finalchilar, juftlikja esa g'oliblar aniqlandi + FOTO
Poytaxtimizdagi Olimpiya shaharchasi kortlarida o'tkazilayotgan ITF World Tennis Tour W15 Tashkent xalqaro turniri davom etmoqda.
Musobaqaning juftlik bahslarida belaruslik Darya Xomutyanskaya va Kseniya Ersh g'olib chiqdi. Ular finalda Qozog'iston vakillari Asiljan Aristanbekova va Ingkar Dussembay ustidan 7/5, 7/5 hisobida g'alaba qozonishdi.
Yakkalik bahslari finaliga esa belaruslik Darya Xomutyanskaya va rossiyalik Darya Egorova yo'l oldi. Xomutyanskaya hindistonlik raqibasi Vaidihiya CHaudhari ustidan 6/4, 6/2 hisobida zafar quchdi. Egorova esa Gonkong vakilasi CHeuk Ying SHekni 6/3, 7/6(3) hisobida mag'lub etib, finalga chiqdi.









Havola :
Manba : t.me/utfuz
Fikrlar