27 sen 15:26
Yangiliklar
WADA Tomash Ayandan “yashirilgan” 130 dan ortiq doping tahlillarni talab qilmoqda
WADAning takidlashicha, so'ngi yillar davomida bu kabi ishlar xalqaro tashkilotning bosh shtab-kvartirasida “ko'mib ketilgan”.
Takidlash joiz, doping bilan bog'liq masalalar sabab og'ir atletika sportining Olimpiya dasturidagi o'rni “qimirlab” qolgan. Natijada XOQ tomonidan ushbu sport turiga berilayotgan kvotalar soni keskin kamayib bormoqda. Ko'zda tutilgan doping tahlillar qaerda saqlanayotgan va ular orasida qanchasi musbat natija ko'rsatgani malum emas. Ular orasida 10 yildan oshgan tahlillarning tashlab yuborilganlari yoki millati, ism-sharifi yashirib ko'rsatilgan namunalar ham borligi taxmin qilinmoqda.
Eslatib o'tamiz, joriy yilning yanvar oyida Germaniya telekanallarida Tomash Ayanning 44 yillik faoliyati davomida yo'l qo'ygan korrupciya ishlari ochib berilgan va shundan so'ng o'z lavozimini tark etgan edi.
Fikrlar