30 iyu 05:29
Yangiliklar
Boks/MMA
WBA chempioni Kit Turmanning raqibi rossiyalik bokschi bo'ladimi?
Professional boksning yarim o'rta vazn toifasida WBA yo'nalishi chempioni amerikalik 27 yoshli Kit Turman o'zining navbatdagi himoya jangini katta ehtimol bilan rossiyalik bokschiga qarshi o'tkazadi.
Rossiyalik 27 yoshli David Avanesyan ayni paytda aynan shu vazn toifasida WBA (Regular) chempionlik kamari sohibi bo'lib turibdi. Avanesyan o'zining so'nggi jangida hakamlarning bir ovozdan bergan bahosiga ko'ra, 3ta vazn toifasida sobiq jahon chempioni, amerikalik 44 yoshli bokschi SHeyn Mozlini mag'lubiyatga uchratgan edi.
Turman esa, o'tgan hafta dramatik va shu bilan birga shiddatli kechgan jangda SHon Porterdan ustun kelgandi. Porter amaldagi chempionga revansh jangi o'tkazish taklifi bilan ham chiqqan.
Havola :
Fikrlar