06 fev 15:19
Yangiliklar
Boks/MMA

WBA Lomachenko - Krolla jangi “savdo”sini yana kechiktirdi
Bugun Panama-Siti shahrida Butunjahon boks associaciyasi (WBA) tomonidan Vasiliy Lomachenko va Entoni Krolla jangi huquqi bo'yicha promouterlar o'rtasida savdo o'tkazilishi kerak edi.
O'zi aslida ushbu savdo 4 fevral kuni o'tkazilishi kerak edi. Keyin bu muddat 6 fevralga ko'chirildi. Bugungi xabarlarga tayanadigan bo'lsak, Lomachenko Krolla jangi huquqi bo'yicha savdo 13 fevral kuni Panama-Sitida o'tkaziladi.
Promouterlar uchun belgilangan eng minimal summa 150 000 dollarni tashkil etadi. Gonorar bokschilar o'rtasida Lomachenko foydasiga 75-25 foizda taqsimlanadi. Vasiliy ishtirokidagi jang 12 aprel kuni bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar