09 fev 14:04
Yangiliklar
Boks/MMA

WBA Lomachenkoga Kommiga qarshi jang o'tkazishi uchun ruxsat berdi
Taniqli promouter Eddi Xirnning aytishicha, Butunjahon boks associaciyasi (WBA) engil vaznda jahon chempioni Vasiliy Lomachenkoga IBF chempioni Richard Kommiga qarshi jang o'tkazish uchun ruxsat bergan.
“WBA Lomachenkoga Kommi bilan birlashtiruvchi chempionlik jangi o'tkazish uchun ruxsat berdi. Bu jang aprel oyida o'tkazilishi kerak. Lekin o'ylashimcha, ular bu sanada jang o'tkaza olmaydilar.
CHunki, Lomachenko mening mijozim Entoni Krollaga qarshi ringga ko'tarilishi kerak. Aynan Krolla Lomachenkoning kamariga rasmiy davogar hisoblanadi. Vasiliy avval Krolladan kamarini himoya qilsin. Keyin xohlagan bokschisiga qarshi ringga chiqaveradi”, - dedi Xirn.
Havola :
Fikrlar