03 iyu 11:11
Yangiliklar
WBA reytingi. SHahram SHohjahondan oldinga o'tib oldi
Unga ko'ra, reytingdan olti nafar o'zbekistonlik bokschi o'rin olgan.
Elon qilingan reytingda Murodjon Ahmadaliev ikkinchi engil vazn toifasida (-55,3 kg) chempion sifatida qayd etilgan. Ahmadaliev shuningdek IBF yo'nalishi chempioni ham hisoblanadi.
Birinchi yarim o'rta vazn toifasida (-63,5 kg) ikki bokschimiz o'rin almashgan. SHahram G'iyosov ettinchi o'rindan oltinchi o'ringa ko'tarilgan. SHohjahon esa mos ravishda oltinchi o'rindan ettinchi pog'onaga tushgan.
Birinchi o'rta vazn (-69,85 kg) toifasida Isroil Madrimov esa ikkinchi o'rinda turibdi.
Ikkinchi o'rta vazn toifasidagi bokschimiz Bektemir Meliqo'ziev (-76,2 kg) esa 15-o'rindan 14-o'ringa ko'tarilgan.
Yarimog'ir vazn toifasida (-79,3 kg) Rustam To'laganov ham TOP-15dagi o'rnini saqlab qolgan - 15-o'rin.
Fikrlar