01 may 16:37
Yangiliklar
Boks/MMA, Boks reytingi

WBA reytingi yangilandi: Hasanboy pastladi, Xolmatov ko'tarildi, yana bir bokschimiz reytingga kirdi
Butunjahon boks associaciyasi aprel oyi yakuniga ko'ra, professional bokschilarning yangilangan reytingini elon qildi.
Unga ko'ra, Hasanboy Do'smatov 1-o'rindan 8-o'ringa pastladi. Otabek Xolmatov esa 3-o'ringa ko'tarildi. SHuningdek, Sirochbek Ismoilov ilk bor reytingga kirib, 11-o'rindan joy oldi.
Reytingdagi bokschilarimiz ro'yxati quyidagicha:
Hasanboy Do'smatov - (minimal vazn) 8-o'rin;
Murodjon Ahmadaliev (birinchi yarim engil vazn) - vaqtinchalik chempion;
Muhammad SHexov (birinchi yarim engil vazn) - 13-o'rin;
Otabek Xolmatov (yarim engil vazn) - 3-o'rin;
Sirochbek Ismoilov (engil vazn) - 11-o'rin;
SHahram G'iyosov (yarimo'rta vazn) - 1-o'rin;
Isroil Madrimov (super yarim o'rta vazn) - 5-o'rin;
Bektemir Meliqo'ziev (super o'rta vazn) - 3-o'rin.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar