13 dek 14:03
Yangiliklar
Boks/MMA

WBA Rigondoni chempionlik unvonidan mahrum qildi
WBA Lomachenkodan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng Gilerme Rigondoni chempionlik kamaridan mahrum qildi.
Kubalik bokschi ushbu jangni tashkil qilish uchun WBAdan alohida ruxsat so'ragandi. Kelishuvda agar Rigondo mag'lubiyatga uchrasa, kamardan mahrum qilinishi haqida aytib o'tilgandi. G'alaba qozonganida esa unga qaysi vazn toifasida faoliyatini davom ettirishni tanlash huquqi berilardi.
"Rezolyuciyada kelishilganidek Rigo sovrindan mahrum qilinadi", - dedi WBA prezidenti Jilberto Mendos.
Havola :
Manba : BoxingScene
Fikrlar