16 okt 17:49
Yangiliklar
Boks/MMA

Ikki karra Olimpiada chempioni Lomachenko - Lopes jangiga taxmin bildirdi
WBA yo'nalishida jahon chempioni Gilermo Rigondo WBA, WBO va WBC Franchise kamarlari sohibi Vasiliy Lomachenko hamda IBF yo'nalishi chempioni Teofimo Lopes o'rtasida bo'lib o'tadigan jang haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Juda yaxshi jangga guvoh bo'lamiz. Bu to'qnashuvda Lomachenko g'alaba qozonadi. Teofimo Lopes Vasiliy Lomachenkodan farqli o'laroq tajribali jangchilar bilan ko'p to'qnash kelmagan. Teofimo puxta tayyorgarlik ko'rishi kerak. Men uning ajoyib bokschi ekanligini bilaman, chunki u engil vazn toifasida bo'lganida biz birgalikda sparring o'tkazganmiz.
Umid qilamanki, Lopes yaxshi harakat qiladi, u ajoyib yigit. Bu katta jang bo'ladi, lekin Lomachenko g'alaba qozonishiga ishonaman", - deydi Rigondo.
Eslatib o'tamiz, Lomachenko va Lopes o'rtasidagi mutlaq jahon chempionligi uchun jang 17 oktyabr kuni Las-Vegas shahrida o'tkaziladi.
Havola :
Manba : Boxing Scene
Fikrlar