28 fev 12:14
Yangiliklar
Boks/MMA

WBA Roman-Doxeni jangi g'olibini Ahmadalievga qarshi ringga chiqishga majburiy qilib qo'ydi
Butunjahon boks associaciyasi (WBA) hamyurtimiz Murodjon Ahmadalievni rasman ushbu yo'nalish chempionlik kamari uchun davogar sifatida elon qildi.
Joriy yilning 26 aprel kuni birinchi yarim engil vazn toifasida WBA chempioni Deniel Roman shu vaznda IBF chempioni Terens Jon Doxeniga qarshi birlashtiruvchi chempionlik jangida ringga chiqadi.
Ushbu jang g'olibi 90 kun ichida Murodjon Ahmadaliev bilan jang o'tkazishi shart bo'ladi. Aynan hamyurtimiz WBA chempionlik kamari uchun rasmiy davogar hamda reyting karvonboshisi bo'lib turibdi.
Havola :
Fikrlar