26 iyu 08:41
Yangiliklar
WBA: Ruslan CHagaev chempionlik kamaridan mahrum qilindi
SHu yilning 5 mart kuni 37 yoshli bokschimiz Grozniyda o'tgan chempionlik himoya jangida 10-raundda texnik nokaut bilan avstraliyalik Lukas Braunga imkoniyatni boy berib qo'ygandi.
Lekin uning baxtiga Braunning qon tarkibida taqiqlangan modda borligi aniqlanib, avstraliyalik bokschi chempionlikdan mahrum qilingan, WBA kamari esa CHagaevga qaytarilgan edi.
SHuning barobarida Associaciya Ruslan CHagaevga chempionlik kamarini rasmiy davogar Fres Okendodan himoya qilishi kerakligi haqidagi xabarni bir necha marotaba jo'natgan. Lekin Ruslan va uning jamoasidan bu ogohlantirishga javob bo'lmadi. Tashkilot esa ortiq kutib o'tirmasdan, hamyutimizni chempionlik unvonidan mahrum qildi.
Endi WBA (Regular) chempionlik kamari Okendoga topshiriladi. O'z o'rnida Fres ushbu unvonni 17 sentyabr kuni bo'lib o'tadigan jang g'olibidan himoya qiladi. Unda Luis Ortis va Aleksandr Ustinov o'zaro ringga ko'tarilishadi. CHagaev esa katta ehtimol bilan endi ushbu turnirni tark etadi.
Fikrlar