02 dek 11:58
Yangiliklar
Boks/MMA

WBA va IBF kamarlari sohibi raqibini nokautga uchratdi
Birinchi o'rta vazn toifasida WBA va IBF chempionlik kamarlari sohibi Jaret Xyord navbatdagi himoya jangini o'tkazdi.
Ikki yo'nalish chempioni britaniyalik Jeyson Uelbornga qarshi ringga ko'tarildi. O'n ikki raund mo'ljallangan jang muddatidan avval yakunlandi. To'rtinchi raundda chempion davogar bokschini nokautga uchratdi.
Bu Xyord uchun elkasini operaciya qildirganidan keyin o'tkazgan ilk jangi edi. Jang yakunlanganidan so'ng ushbu vaznda WBC yo'nalishi chempioni Jermell CHarlo ringga ko'tarilib, Xyordni birlashtiruvchi chempionlik jangi o'tkazishga chaqirdi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar