01 avg 17:17
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/78932_220.jpg)
WBA yangi reytingni elon qildi. O'zbek bokschilarining o'rni qanday?
Butunjahon boks associaciyasi (WBA) bokschilarning yangilangan reytingini elon qildi.
Unga ko'ra, ikkinchi engil vazn toifasida (55,34 kg) Murodjon Ahmadaliev reytingning ikkinchi pog'onasida qolgan.
Birinchi yarimo'rta vazn (63,5 kg) toifasida esa SHohjahon Ergashev avvalgi oydan bir pog'ona yuqorilagan va to'rtinchi o'ringa joylashgan. SHuningdek, ushbu vazn toifasidagi SHahram G'iyosov ham bir pog'ona yuqorilagan va o'ninchi o'rindan joy olgan.
Birinchi o'rta vazn (69,85 kg) toifasida Isroil Madrimov ikki pog'ona pastlagan va sakkizinchi o'ringa joylashgan.
Ayni paytda Murodjon Ahmadaliev, SHahram G'iyosov va Isroil Madrimov mazkur yo'nalishda Intercontinental kamari sohibi hisoblanishadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar