02 fev 15:34
Yangiliklar
Boks/MMA

WBC Fyuri va Uayt uchun yangi muddatni belgiladi
WBC og'ir vazn toifasida jahon chempioni Tayson Fyuri va vaqtincha chempion Dillian Uayt jamoalari bilan shartnoma imzolash muddatini belgiladi.
Imzolar 21 fevralgacha qo'yilishi kerak. SHu bilan birga, jangning o'zi taxminiy ravishda 23 aprel kuni Buyuk Britaniyada bo'lib o'tishi rejalashtirilgan.
Eslatib o'tamiz, o'tgan haftada bo'lajak jang tashkilotchisi aniqlangan reklama aukcioni bo'lib o'tdi. Fyurining promouterlari "Quensberry Promotions" va "Top Rank" 41 025 000 dollarlik taklifni qo'lga kiritdi. Bu WBC tarixida rekord o'rnatdi.
Havola :
Manba : vringe.com
Fikrlar