10 mar 10:54
Yangiliklar

WBC Gran-prisining qachon start olishi hamda mukofot pullari ochiqlandi
Ushbu turnirning aprel oyida Saudiya Arabistonida boshlanishi rasman elon qilindi. WBC Gran-pri turnirida 41 davlatdan 128 nafar bokschi ishtirok etadi. Olimpiya tizimida o'tadigan musobaqada 4 ta vaznda janglar tashkil etiladi va ularning har birida 32 nafardan bokschi chempionlik uchun ringga ko'tariladi.
Gran-pri 5 ta bosqichdan iborat bo'ladi. So'nggi bosqich yil oxirida o'tkaziladi. Turnirda ishtirok etish uchun chegaralar bor: bokschilarning yoshi 26 dan, prof ringda o'tkazgan janglari 16 tadan oshmasligi shart.
WBC Gran-prisi uchun belgilangan mukofot pullari:
1/16 final — g'olibga 15 000, mag'lubga 7 500 AQSH dollari;
1/8 final — g'olibga 20 000, mag'lubga 10 000 dollar;
1/4 final — g'olibga 35 000, mag'lubga 15 000 dollar;
1/2 final — g'olibga 50 000, mag'lubga 25 000 dollar;
CHempion — 100 000 dollar.
SHu tariqa, har bir vazn chempionlari Gran-pridagi ishtiroklaridan jami 220 000 AQSH dollari ishlab olishadi.
O'zbekistondan 5 nafar bokschi - Abdumalik Xalokov, Mujibillo Tursunov, Lazizbek Mullojonov, Kamronbek Eshmatov va Suhrob QayumovWBC Gran-prisida ishtirok etadi.
Fikrlar