16 sen 11:24
Yangiliklar
Boks/MMA

WBC kamari sohibi Lomachenkoga qarshi ringga ko'tarilmoqchi
Engil vazn toifasida vaqtinchalik WBC chempioni Devin Xeyni WBC kamarining mutlaq egasi Vasiliy Lomachenkoga qarshi jang qilmoqchi.
“Lomachenko bu jangni istamayapti. Men esa unga qarshi jang qilishga tayyorman. CHunki, kamar uchun rasmiy davogarman, shu sababli Vasiliy, kel jang qilamiz.
Abdullaev ikkinchi darajali davogar edi, men uni yanchib tashladim. U menga raqiblik qila olmadi. Agar men unga oddiylik qilsam, u buni isbotlab, meni ringdan uloqtirib tashlasin”, - dedi Xeyni.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar