22 avg 10:12
Yangiliklar
Boks/MMA

WBC kamariga davogarlar jangi: Papin Fayferdan og'irroq chiqdi
Bugun Rossiya Federaciyasining Qozon shahrida professional boks kechasi tashkil etiladi.
Oqshomning markaziy jangi birinchi og'ir vazn toifasida rossiyalik bokschilar Aleksey Papin (11-1, 10 KO) va Ruslan Fayfer (25-1, 16 KO) o'rtasida bo'lib o'tadi. Jang g'olibi WBC chempionlik kamariga rasmiy davogar maqomini qo'lga kiritadi.
Kecha oqshom esa professional boks turniri qatnashchilari rasmiy tarozidan o'tish marosimida hozir bo'lishdi. Aleksey Papin 90,6 kg, Fayfera esa 89,7 kg tosh bosdi. Papin so'nggi jangini 2019 yilning avgust oyida Ilunge Makabuga imkoniyatni boy bergandi. Ushbu mag'lubiyat hozircha uning faoliyatida yagona bo'lib turibdi. Qozon boks kechasida jami 13 ta jang o'tkaziladi.
Havola :
Fikrlar