24 avg 16:01
Yangiliklar
Boks/MMA

WBC Povetkinga boshqa raqib berishi mumkin. Bu ham qiziqarli variant!
Aleksandr Povetkin Britaniyada o'tkazilgan jangda Dillian Uaytni nokautga uchratdi.
Bokschilar o'rtasida tuzilgan shartnomada revansh bandi ham bo'lgan. Yaqin orada britaniyalik bokschi ushbu banddan foydalanishini elon qilishi mumkin. Uayt bilan revanshga Povetkin ham tayyor.
Aslida ushbu g'alabadan so'ng Povetkin Tayson Fyuriga qarshi jang qilishi lozim. Ammo, Fyurini ayti paytda Deontey Uaylderga qarshi trilogiya kutib turibdi.
SHu sababli, WBC Povetkinga reytingda ikkinchi o'rinda borayotgan Aleksandr Usik bilan jangni taqdim etishi mumkin.
Povetkin va Usik o'rtasidagi "derbi" ham muxlislarda katta qiziqish uyg'otadi.
Havola :
Manba : ringpolska.pl
Fikrlar